Vecherniy zvon (Levitan)

Vecherniy zvon
Isaak Levitan, 1892-yil
kartina
87 × 107,6 sm
Tretyakov galereyasi


"Vecherniy zvon" — (ruscha: Вечерний звон) rus rassomi Isaak Levitan (1860-1900) tomonidan 1892-yilda manzara janrida ishlangan rasm. Tretyakov Davlat galereyasiga tegishli. Hajmi — 87×107,6 sm[1] (baʼzi manbalarga koʻra: 87,5×109 sm[2]).

Rasmda daryoning burilishida joylashgan va kechki quyosh nurlari tushib turgan monastir tasvirlangan[3]. Baʼzi tadqiqotchilar „Vecherniy zvon“ asarini 1890-yilda ishlangan „Sokin maskan“ rasmining bir varianti sifatida koʻrishadi[4][5].

Levitan 1892-yilda „Vecherniy zvon“ kartinasi ustida ishlagan[4]. 1892-yilning dekabr oyida tuval Sankt-Peterburgga yuborildi. Soʻngra 1893-yil Chikagodagi Butunjahon koʻrgazmasiga yuborildi[6][7], u yerda „Monastir pod prazdnik“ nomi ostida namoyish etildi[1][8]. Keyinchalik, rasm faylasuflar — Ratkov-Rojnovning oilaviy kolleksiyasiga[9] va 1918-yilda u Tretyakov galereyasiga topshirildi[1].

Sanʼatshunos Aleksey Fedorov-Davydovning yozishicha, „Vecherniy zvon“ asarida Levitan tasvirning umumiyligi va birligi, umuman qismlarning uygʻunligi taassurotiga erishishga muvaffaq boʻlgan[4].

Sanʼatshunos Vladimir Petrovning soʻzlariga koʻra: „Levitanning eng yaxshi, badiiy jihatdan mukammal asarlaridan biri“[10].

  1. 1,0 1,1 1,2 Каталог ГТГ, т. 4, кн. 1 2001.
  2. „Левитан Исаак Ильич — Вечерний звон“ (HTML). Государственная Третьяковская галерея — www.tretyakovgallery.ru. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  3. В. А. Петров 2000.
  4. 4,0 4,1 4,2 А. А. Фёдоров-Давыдов 1966.
  5. В. А. Прытков 1960.
  6. И. И. Левитан 1956.
  7. И. И. Левитан 1966.
  8. А. С. Соколов 2006.
  9. В. В. Булдакова 2007.
  10. В. А. Петров 1992.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search